Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Ajrim - yechim emas


Mirzaobod tumanida “Ajrim -  yechim emas” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumanning turli sohalarda faol bo‘lgan ayollari, mahalla faollari hamda yosh oilalar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tuman FHDY bo‘limi mudirasi Umida Fayzullayeva oila institutining jamiyatda tutgan o‘rni, oilaviy huquqiy munosabatlar, nikoh shartnomasining mazmuni va ahamiyati haqida atroflicha ma’ruza qildi.

Shuningdek, tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Yulduz Eshmurodovaning tumanda oilalar totuvligini ta’minlash, ajrim holatlarini qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Tadbir davomida oilalarda sog‘lom muhitni saqlash, er-xotin munosabatlarida o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash borasida o‘zaro fikr almashildi.

Yakunda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar olib borildi hamda bu muloqotlar orqali oilalarga maslahat va amaliy tavsiyalar berildi.