Янгиликлар
04
Men Vatanimning yuziman
Mirzaobod tumanidagi Mirzacho‘l mahallasida “Men vatanimning yuziman” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xorijiy davlatlarda o‘qish, ishlash yoki yashash istagida bo‘lgan fuqarolarga chet elda bo‘lgan vaqtida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalar, xavfsizlik choralari va qonunchilik talablariga rioya etish masalalari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish imkoniyatlari va bu jarayonning qulayliklari haqida keng ma’lumot berildi.
Muloqot davomida kiberxavfsizlik masalalari ham muhokama qilinib, internet tarmog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga ishtirokchilarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar tushuntirildi.