Янгиликлар
04
Yangiyer shahar adliya bo'limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida huquqiy axborotni tarqatish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot
BRIFING
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 3-choragi yakuniga ko‘ra qonun hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazish hamda aholi o‘rtasida huquqiy axborotni targ‘ib etish borasida izchil ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davri mobaynida elektron shaklda jami 951 ta normativ-huquqiy hujjat kelib tushgan bo‘lib, shularning 867 tasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazildi.
Shu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlar 58 ta davlat organi va tashkilotlarga yuborildi. Ular orasida:
• O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari — 70 ta,
• Oliy Majlis palatalarining qarorlari — 84 ta,
• Prezident hujjatlari (farmon va qarorlar) — 212 ta,
• Vazirlar Mahkamasining qarorlari — 287 ta,
• Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruq hamda qarorlari — 298 tani tashkil etdi.
Qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari ham muhim rol o‘ynamoqda. Hisobot davrida televideniyeda 25 marta, radio orqali 28 marta chiqishlar amalga oshirildi, gazetalarda 22 ta maqola chop etildi. Shuningdek, 10 099 dona buklet, flayer va boshqa ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot vositalari tarqatildi.
Shahardagi korxona va tashkilotlarda 1500 dan ortiq ma’ruza, seminar va davra suhbatlari o‘tkazilib, qonunchilikdagi yangiliklar hamda aholi huquqiy madaniyatini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholining huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, shu bilan birga, qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Alimardon Oppoqxonov,
Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i v.b.