Янгиликлар
31
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi
Navbatdagi “Ma’rifat soati”da boshqarma mas’ul xodimi N.Yokubov “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”dagi O‘RQ-937-son Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirlar rejasiga muvofiq “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida fikr-mulohazalar bildirilib, ushbu yo‘nalishdagi islohotlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari e’tiboriga siyosiy-ma’rifat soati uchun taqdim etiladigan videorolikning 39-soni havola etildi.