Янгиликлар
31
“Huquqshunoslik” fan olimpiadasining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga muvofiq, bu yil ilk bor “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi tashkil etilmoqda. Olimpiada adliya tizimiga biriktirilgan umumta’lim maktablarining 8–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 11 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi. Nizomga ko‘ra, hududlar bo'yicha sinflar kesimida 1-o‘rinni egallagan 4 nafardan jami 44 nafar o‘quvchi bugun viloyat bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Olimpiada 3 ta shart asosida o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha sinflar kesimida eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar o‘quvchi Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.