Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

GULISTONDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI


Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–160-son Farmoni aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy axborot manzilli yetkazilishi hamda mazkur yoʻnalishdagi ishlar zamon talablari asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadiga qaratilgan.

Guliston shahrida mazkur Farmon mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, davlat tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda Guliston shahar hokimligi mas’ullari, tashkilot rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Farmonning mazmuni, huquqiy axborotni proaktiv tarzda yetkazish tizimining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati hamda “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, xususan, homiylik xayriyalarini yig'ish hamda xayriya qutilarini o'rnatish va ulardan foydalanish tartiblari batafsil tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati