Янгиликлар
31
Sanat va ijod himoyasi oyligi
Adliya boshqarmasi tomonidan “Sanʼat va ijod himoyasi” oyligi doirasida Guliston shahridagi kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo obyektlarida intellektual mulk huquqlarini buzilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil qilindi.
Xususan, tadbir doirasida kitob doʻkonlarida kontrafakt kitoblar realizatsiyasini oldini olish, intellektual mulk huquqlari, xususan mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida targ'ibot materiallari tarqatildi.