Янгиликлар
03
Konstitutsiyada yoshlar huquqlari
Guliston shahridagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Konstitutsiyada yoshlar huquqlari» mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etib, o‘quvchilarga mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilangan yoshlar huquqlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida yosh avlodning ta’lim olish, mehnat qilish, so‘z va fikr erkinligi, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish kabi huquqlari Konstitutsiyaviy jihatdan qanday himoya qilinishi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlar siyosatiga oid davlat dasturlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Ayniqsa, “Huquqiy viktorina” va blits savol-javoblar o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.