Янгиликлар
03
XOVOS TUMAN HOKIMLIGIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI
Xovos tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–160-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda davlat tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mas’ullari, tashkilot rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Farmon mazmuni, huquqiy axborotni yetkazishning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va ahamiyati, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida tushuntirishlar berdi.