Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sirdaryoda qonunchilik hujjatlarining ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʻminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyati hokimligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari oʻz vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qatʻiy nazoratga olingan.
Haftaning har dushanba kuni Sirdaryo viloyati hokimi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay
qatʻiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini taʻminlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
         Yaʻni har hafta 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar roʻyxati eslatma sifatida hokim oʻrinbosarlari, maslahatchilari, boʻlinma rahbarlariga hamda tuman va shahar hokimliklariga yetkazilmoqda.
          Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʻlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʻtibor berilmoqda.
          Viloyat hokimligi apparati masʻul xodimlari tomonidan har oyda bitta tuman va shaharda hamda viloyat boshqarma, korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli oʻrganilmoqda.          
Jumladan, joriy yilning oktabr oyida viloyat viloyati  IIB JXX  YHX   boshqarmasida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati oʻrganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatildi.  
2025-yilning 10 oyi davomida viloyat hokimligi apparatida ijro intizomining holati 64 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Hukumatning topshiriqlarini oʻz vaqtida, samarali hamda toʻliq bajarishda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat korxona tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari koʻrilib, sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʻul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrib borilmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning oʻtgan davri davomida viloyatga daxldor 1564 ta topshiriq kelib tushgan boʻlib (2024-yilga nisbatan 756 taga yoki 47 % ga oshgan), ushbu topshiriqlarning 1076 tasida viloyat hokimligi asosiy ijrochi hamda 1486 tasida hamijrochi sifatida belgilangan.
Ushbu topshiriqlarning 1552 tasi (99,2%)ning ijrosi taʻminlanib nazoratdan yechilgan. Qolgan 12 ta topshiriqda viloyat hokimligi hamijrochi sifatida belgilangan boʻlib, bugungi kunda ushbu topshiriqlarning ijrosini taʻminlash choralari koʻrilmoqda.  
Joriy yilning oktabr oyida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida Prezidentimizning viloyat hokimligiga daxldor
178 ta topshiriqlari kelib tushgan boʻlib, shundan 176 tasini ijrosi taʼminlanganligi va 2 tasini ijrosi taʼminlash choralari koʻrilmoqda.