Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Joylarda mualliflik huquqi va turdosh huquqiga nisbatan hurmat hissini uygʻotishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.


#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Joylarda mualliflik huquqi va turdosh huquqiga nisbatan hurmat hissini uygʻotishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Chiqindilarni boshqarish va serkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida  “Sanʻat va ijod himoyasi oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarining xodimlar jamoasi ishtirokida mualliflik huquqlari va intellektual mulk sohasidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi

Uchrashuvda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish xususan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga doir masalalar, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida infografika, buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.