Янгиликлар
16
Ijodiy mulk – qonun himoyasida: Sirdaryo teatrida huquqiy tadbir
Ijodiy mulk – qonun himoyasida: Sirdaryo teatrida huquqiy tadbir
Bugun Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ijodiy soha vakillariga intellektual mulk tushunchasi, uning asosiy turlari – mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari va boshqa shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu huquqlarning qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi, qanday hollarda va qanday tartibda himoya qilinishi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, huquqshunoslar tomonidan san’at va ijod mahsulotlarining muhofazasi, ularni noqonuniy nusxalash yoki o‘g‘irlash holatlarida murojaat qilinadigan vakolatli organlar, intellektual mulkni xalqaro darajada ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida ham aniq ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida, “Men Vatanimning yuziman” aksiyasi doirasida mehnat migratsiyasiga oid qonunchilik talablari, xorijiy mamlakatlarda yashash va ishlash tartiblari, viza rasmiylashtirish jarayonlari, chet el fuqaroligini qabul qilish bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir ijodkorlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni o‘z huquqlarini bilgan holda himoya qilishga chorlashga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati