Янгиликлар
15
Sanat va ijod himoyasi oyligi doirasida “Bahor” MFYda targʻibot tadbiri tashkil qilindi
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi
Sanat va ijod himoyasi oyligi doirasida “Bahor” MFYda targʻibot tadbiri tashkil qilindi
Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan joriy yil 15-oktabr kuni tasdiqlangan rejaga asosan “Bahor” MFYda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mahalla yettiligi va mahalla aholisiga uyma-uy yurgan holda qonunchilikda qabul qilingan yangiliklar, “Yoshlar huquqi”, “Ayollarga huquqiy maslahatlar” va “Tadbirkorlar uchun maslahatlar”, jinoyatchilikni oldini olish mavzusida gapirildi
Xususan, tadbir doirasida intellektual mulk huquqlari, xususan mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ularning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida infografika, buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.