Янгиликлар
03
“Sanʼat va ijod himoyasi oyligi” boʻyicha davra suhbati targʻibot tadbiri tashkil qilindi
Sanʼat va ijod himoyasi oyligi” boʻyicha davra suhbati targʻibot tadbiri tashkil qilindi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi Sirdaryo viloyat boʻlimi bilan hamkorligida sanʼat va ijod ahli hamda OAV vakillari ishtirokida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar xususan “Sanʼat va ijod himoyasi oyligi” boʻyicha davra suhbati targʻibot tadbiri tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda adliya boshqarmasi intellektual mulk huquqlari himoyasi boʻyicha masʼul xodim tomonidan ushbu oylikni oʻtkazish maqsadi, mualliflik huquqlarni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Ushbu tadbirni tashkil etilishidan maqsad mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targʻib qilish koʻzda tutilgan.
Tadbir soʻngida uchrashuv ishtirokchilariga mualliflik huquqiga rioya etilishi va ularning huquqiy oqibatlari boʻyicha berilgan savollariga javoblar berildi hamda mazu yuzasidan infografika va tarqatma materaiallar taqratildi.