Янгиликлар
22
22-sentyabr - avtomobilsiz kun!
Ushbu ekologik tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar-rejasida ko‘zda tutilgan.
Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, tuman shahar adliya bo‘limlari xodimlari shaxsiy namuna ko‘rsatib, avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanishdi, shuningdek xodimlar uydan idoragacha piyoda yurib kelib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildilar.