Янгиликлар
22
"Korrupsiyaga yo‘q deymiz!" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Korrupsiya har qanday jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan salbiy illatlardan biri bo‘lib, unga qarshi kurashish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu munosabat bilan joylarda aholi, ayniqsa yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. “Korrupsiyaga yo‘q deymiz!” deb nomlangan ushbu davra suhbatida adliya bo‘limi mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari hamda texnik xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati, yurtimizda ushbu illatga qarshi ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Davra suhbatida, shuningdek, korrupsiya tushunchasining mohiyati, uning huquqiy oqibatlari, byurokratiya va tanish-bilishchilik kabi holatlarning salbiy ta’siri haqida so‘z yuritildi. Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga adliya mas’ullari tomonidan sodda va hayotiy misollar asosida javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati