Янгиликлар
22
"AHILLIK"DA SAYYOR XIZMAT
Oqoltin tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kundalik hayotda duch kelayotgan huquqiy muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor tadbir "Ahillik" mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida kadastr hujjatlarini shakllantirish, notarial harakatlar, arxiv ma’lumotnomalari berish, ijtimoiy xizmatlar va nafaqalar bo‘yicha maslahatlar kabi sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, tadbir doirasida yuridik maslahatlar berilib, fuqarolarning shaxsiy murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy yechim topildi, ayrim murojaatlar tegishli tartibda ish yurituvga olindi.
Tadbirda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari haqida kengroq xabardor qilish maqsadida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.