Янгиликлар
23
Yoshlar bilan manzilli ishlash doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi
Yoshlar bilan manzilli ishlash, ayniqsa alohida e’tibor va yondashuv talab etiladigan toifadagi yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish orqali toifadan chiqarish – bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga 62 nafar ana shunday yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan muntazam ravishda manzilli va tizimli muloqotlar olib borilmoqda.
Yaqinda Sardoba tuman adliya bo‘limi hamda tuman prokuraturasi hamkorligida otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, shuningdek, turli salbiy illatlardan ogoh etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.