Янгиликлар
23
Xovosobod mahallasi “Huquqiy mahalla” sifatida tanlandi
2025-yil sentyabr oyida Xovos tumanining Xovosobod mahallasi “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tanlab olindi. Aholisi 3100 nafar bo‘lgan ushbu mahallada jami 676 ta xonadon mavjud.
Loyihaning asosiy maqsadi — mahalla aholisi turmush tarzini yanada yengillashtirish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
Loyiha doirasida Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish ishlari amalga oshirilib, har bir xonadonda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Jarayonda aholini qiynayotgan huquqiy masalalar o‘rganilib, ularga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.