Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mahalla raislari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi


"Mahalla huquqshunosi" loyihasi doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Bu galgi mashg‘ulot "Fuqarolik va oila huquqi asoslari" mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi shoʻba boshlig‘i Aziz Mavlonov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida mahalla raislariga kundalik faoliyatda zarur bo‘ladigan huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan uslubiy yordam va amaliy tavsiyalar berildi.