Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi


Mirzaobod tumanidagi 532-sonli SCHR batalyonida tuman adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaning oldini olish va davlat xizmatlaridagi shaffoflikni ta'minlashga oid masalalar tushuntirildi.

Tadbir davomida manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, bu kabi holatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya tushunchasi, pora olish, pora berish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi holatlar misollar asosida tushuntirildi. Korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari, xususan belgilangan javobgarlik choralari eslatib o‘tildi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlaridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash, elektron raqamli imzo orqali masofaviy xizmatlardan foydalanish, kundalik hayotda zarur bo‘ladigan boshqa davlat xizmatlari haqida tushunchalar berildi.