Янгиликлар
19
Huquqiy yordam - har bir fuqaro uchun!
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Sardoba tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Jarayonda aholi muammolari o‘rganilib, tegishli choralar belgilandi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, sayyor davlat xizmatlari ham yo'lga qo'yildi.
Tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.