Янгиликлар
18
"Hokimlik soati"da qonunchilikdagi yangiliklar xususida
Oqoltin tuman hokimligida o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher Ziyayev yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Jumladan, “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 160-sonli, “Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 157-sonli Prezident Farmonlari, “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 280-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.