Янгиликлар
18
SAYXUNOBODLIK YOSHLAR OILAGA TAYYORLANMOQDA
Sayxunobod tumanida nikoh uchun ariza bergan juftliklar ishtirokida yana bir mahorat darsi tashkil etildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tgan ushbu mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar oilaviy hayotga oid muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
O‘quvda Sayxunobod tuman FHDY bo'limi mudiri tomonidan oilaviy-huquqiy munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi va oilaviy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.