Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Shirin shahrida ko‘p yillik muammo ijobiy hal etildi


“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida shirinlik A.Murotov va I.Pulatovalarning ko‘p yillik huquqiy muammosi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu juftlik bir necha yillardan buyon birga yashab kelayotgan, 4 nafar farzandni voyaga yetkazayotgan bo‘lsa-da, nikohlari rasmiy qayd etilmagan.

Bu esa ularning huquqiy holatida bir qator noaniqliklar tug‘dirgan. Aynan shu masalada adliya mas’ullari tomonidan ular bilan suhbat o‘tkazilib, hujjatlar tayyorlab berildi va nikoh rasmiylashtirildi.

Endilikda A.Murotov va I.Pulatovalarga qonuniy er-xotin maqomi berildi hamda ularga nikoh guvohnomasi topshirildi.

- Rostini aytsam, qayerga murojaat qilishni ham bilmasdim. Ba’zan odam o‘z muammosini kichik deb o‘ylaydi yoki yechim yo‘q, deb yuradi. Aslida esa, bunday imkoniyatlar bor ekan. Davlatimizdan, adliya xodimlaridan juda minnatdorman, deydi I.Pulatova.