Янгиликлар
18
OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markazining hisoblash texnikasi operatori Rustamov Ilhomjon Rustam o‘g‘li avgust oyida “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
Ilhomjon Rustamov 2024-yilda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
I.Rustamov hozirda Sirdaryo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash tehnikasi operatori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Ilhomjon Rustamovni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.