Янгиликлар
18
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI
Yangiyer shahar FHDYning 1-toifali inspektori Narzullayeva Shohsanam Ilxom qizi avgust oyida “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.
Shohsanam Narzullayeva 2020-yilda Sirdaryo viloyat yuridik kollejini tamomlagan.
Sh.Narzullayeva 2019-yildan buyon adliya tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Shohsanam Narzullayevani ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.