Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Fuqaroning ko‘p yillik uy-joy muammosi adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi


Sayxunobod tumani “Sintob” mahallasida yashovchi fuqaro Z.Toʻrayeva tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib, bir necha yillardan buyon uy-joyini oʻz nomiga rasmiylashtirish bo‘yicha qilgan urinishlari natija bermagani yuzasidan norozilik bildirdi.

Mazkur murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilganida, fuqaro Z.Toʻrayeva 2017-yil 13-mart kuni Asaka bank balansida boʻlgan, Sayxunobod tumani “Sintob” MFYda joylashgan turar joyni 27 million soʻmdan ortiq qarzdorlik bilan auksion orqali xarid qilgani aniqlangan. Fuqaro barcha toʻlovlarni shartnoma va toʻlov grafigiga muvofiq toʻliq amalga oshirgan, bank, fuqaro va reyltor oʻrtasida uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan.

Biroq, fuqaroning uy-joyni oʻz nomiga rasmiylashtirish boʻyicha topshirgan arizalari Kadastr agentligi tomonidan rad etilgan. Rad etish sababi sifatida 2017-yilda tuzilgan uch tomonlama shartnoma notarial tartibda rasmiylashtirilmagani ko‘rsatilgan.

Tuman adliya boʻlimi ushbu holatni oʻrganib chiqib, masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni hal etdi. Natijada, 5 yil davomida hal etilmay kelgan uy-joy masalasi qonuniy asosda ijobiy yechim topdi - shartnoma notarial tartibda rasmiylashtirildi, uy-joy kadastr hujjatlari tayyorlanib, pasporti shakllantirildi va fuqaro nomiga rasmiylashtirildi.

Shu tariqa, fuqaro Z. Toʻrayevaning murojaati qanoatlantirildi.

Baxtiyor Nazarov,

Sayxunobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi