Янгиликлар
18
Manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatga zarar keltiradi
Shirin shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirga Shirin shahar adliya bo‘limi mas’ullari Sh.Xasanov hamda N.Tirkashevalar ishtirok etib Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirib, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan keng ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga oid islohotlarni ta’minlanishiga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.