Янгиликлар
18
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUAMMOLARIGA YECHIM IZLANDI
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ma’naviyat” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Guliston shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda aholining huquqiy muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan jami 12 ta murojaat kelib tushdi. Ulardan 2 tasi yuzasidan joyning o‘zida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qolgan 10 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ularni qonunchilik doirasida hal qilish uchun tegishli choralar belgilandi.
Ushbu tadbir nafaqat fuqarolarning muammolarini o‘rganish va hal qilishga, balki ularning huquqiy bilimlarini oshirishga ham xizmat qildi.