Янгиликлар
04
Yosh oilalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Guliston shahrida nikoh uchun ariza bergan juftliklar ishtirokida yana bir mahorat darsi tashkil etildi. FHDY bo'limi va Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar oilaviy hayotga oid muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Mashg‘ulot yakunida juftliklarga ishtirok etganliklari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.
O‘quv davomida ishtirokchilarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, psixologik moslashuv, sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.