Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Madaniyatda “Adliya kuni” o‘tkazildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Madaniyat mahallasida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, shuningdek, eng ko‘p uchrayotgan huquqiy masalalar yuzasidan zaruriy tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Mazkur tadbir aholining huquqiy ongini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, huquqiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.