Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Olis hudud aholisiga sayyor xizmatlar ko‘rsatildi


Mirzaobod tumanidagi olis hududlardan biri - “Bahoriston” mahallasi hududida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir davomida 30 ga yaqin fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari o‘rganildi hamda joyida hal etildi. Aholi orasida ayniqsa tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni ro‘yxatga olish, notarial xizmatlar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalarga ehtiyoj borligi kuzatildi.

Shuningdek, Mirzaobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-sonli Farmonida belgilangan asosiy vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, my.gov.uz portalidan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi. Fuqarolarga ushbu portal orqali uyda o‘tirgan holda ko‘plab xizmatlardan tez va qulay tarzda foydalanish mumkinligi tushuntirildi.