Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Aholining huquqiy savodxonligi oshirildi


Sayxunobod tumani Shodlik mahallasida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi uchun navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur targ‘ibot tadbiri davomida fuqarolarning huquq va majburiyatlari, davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar ro‘yxati, yangi qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar, notarial harakatlar va FHDY xizmatlaridan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga joyida javob oldilar. Shu bilan birga, ular kundalik hayotda duch keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.