Янгиликлар
05
Sayxunobodda ayollar huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sayxunobod tumanida “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan “Mahalla – oila – ta’lim muassasalari” konsepsiyasi doirasida “Odob-axloq qoidalari” mavzusida amaliy ko‘rgazmali uchrashuv tashkil etildi.
Ayollarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova ishtirok etib, fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, jamiyatda axloqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni mustahkamlash borasida ma’ruza qildi.
Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan qonun va qarorlar haqida batafsil tushuntirishlar berdi.
Tadbir doirasida kitoblar taqdimoti, ijodkor ayollarning asarlari namoyishi, milliy qo‘shiqlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari ijro etildi.