Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

HUQUQ SINFIDA NAVBATDAGI DARS


Guliston shahar adliya bo'limi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 18-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi ochiq dars o‘tkazildi.

Huquq sinfi o‘quvchilari ishtirokidagi mashg‘ulot o‘quvchilarning kiberxavfsizlik bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirtishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Darsda internet va axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida insonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilgani, biroq, texnologik taraqqiyot bilan birga, yangi xavflar ham paydo bo‘layotgani alohida qayd etildi.

Adliya mas‘ullari kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.