Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Adliya kuni”da shirinliklarning muammolari tinglandi


Shirin shahrida aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda shaharning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, huquqiy masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi. Ular asosan yer munosabatlari, mulk huquqi, ijara, aliment undirish, ijtimoiy himoya va boshqa huquqiy masalalarni qamrab oldi. Har bir murojaat yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi, ayrim muammolar joyida hal etildi.

Tadbir doirasida sayyor davlat xizmatlari ham yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, adliya xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tarqatma materiallar taqdim etildi.