Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

FUTBOL MUSOBAQASIDA DO‘STLIK G‘ALABA QOZONDI


Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan muntazam tashkil etilayotgan sport musobaqalari o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, adliya tizimida haftalik reja asosida tashkillashtirilayotgan futbol musobaqalari xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan birga, ularning irodasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi sport uchrashuvi boshqarma  xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Yashil maydondagi bahsli va murosasiz o‘yin har bir ishtirokchidan nafaqat kuch va epchillik, balki aql, strategiya va jamoaviy fikrlashni talab etdi.

Jamoalar ham o‘zaro hurmat, intizom va sportga xos kurash ruhi asosida o‘yin olib bordi. Bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirilgan bo‘lsa-da, darvozabonlarning ishonchli harakatlari sababli o‘yin durang natija bilan yakunlandi.