Янгиликлар
08
Sirdaryo viloyatida “Ilmli qizlar – millatimiz ertasi” shiori ostida viloyat forumi o‘tkazildi
Mazkur tadbir mamlakatimizda ilm-u salohiyatli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning oliy ta’limga qamrovini kengaytirish, huquqiy ongini yuksaltirish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida tashkil etildi.
Forumda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi G. Rasulova so‘zga chiqib, yosh olima qizlarga o‘zining hayotiy va kasbiy tajribalari asosida motivatsion fikrlar bildirdi. Shuningdek, bilim va intilish, mehnatsevarlik va qat’iyat orqali erishiladigan yutuqlar haqida hayotiy misollar keltirdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar taqdirlandi. Ushbu forum yoshlarning, xususan, iqtidorli qizlarning intellektual va huquqiy salohiyatini yuksaltirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.