Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi start oldi!


2025-yil 10–25-sentabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkaziladi.

Aksiya davomida:
– mahallalarda sayyor qabullar tashkil etiladi;
– seminar-treninglar va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi;
– ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda huquqiy ma’lumotlar keng targ‘ib qilinadi;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqiy muammolari o‘rganiladi;
– tegishli tashkilotlarda o‘rganish va monitoringlar o‘tkaziladi.

Aksiyani Adliya vazirligi hamda hududiy adliya organlari Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalliy hokimliklar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etmoqda.

Kutilayotgan natijalar:
– ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqiy savodxonligi oshadi;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanadi;
– qonunchilikka amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Aksiya doirasidagi yangiliklarni bizning kanalimizdan kuzatib boring!