Янгиликлар
11
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi
Vazir o'ribosari viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, Ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organlari xodimlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda sud-ekspertiza sohasidagi islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 8 sentyabrdagi PQ–270-son qarori mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, hududiy organlarda ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.