Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sirdaryoda huquqiy axborotni tarqatishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi


Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Sirdaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy targ‘ibot yo'nalishi bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.  

Tadbirda Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.

Tadbirda huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.