Янгиликлар
11
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalarini o‘rgandi
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov xizmat safari doirasida viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situasion-tahliliy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, vaziri o‘rinbosari Guliston shahar adliya bo‘limi binosida bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Binoda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, qulayliklar va murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi o‘rganildi.
M.Istamov sohaviy nazorat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontentlar va media materiallarni sodda va xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida o'z tavsiyalarini berdi.