Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mirzacho'lda birlamchi huquqiy yordam standartlarining ijrosi o‘rganildi


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Mirzaobod tumanidagi Mirzacho‘l mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inida birlamchi huquqiy yordam sohasidagi minimal standartlarning joriy etilishi va ularning ijro holati bilan tanishdi.

Jarayonda mahalla fuqarolar yig‘inining ma’muriy binosi belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi, aholini ichimlik suvi ta’minoti bilan ta’minlanganligi, bolalar o‘yinlari, sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya-sport mashg‘ulotlari maydonchalarining mavjudligi, aholi punktlarida elektr uzatish tarmoqlarining xavfsiz joylashtirilganligi va boshqa me’yoriy standartlar  o‘rganildi.