Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

"Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi seminarida ayollarning jamiyatdagi o‘rni muhokama qilindi


Boyovut tumani hokimligida “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jamiyat va oilada ayollarning tutgan o‘rni, ilmli va ma’rifatli ayolning farzand tarbiyasi hamda avlod kamolotiga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, ayollar uchun kasb-hunar egallash va ta’lim olishning dolzarbligi batafsil muhokama etildi.

Seminarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimi D.Umurzoqova ishtirok etib, ayollarning huquqlari, gender tenglik masalalari va oilada ayolning roliga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘rtasida ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etilib, amaldagi qonunchilikda ayollar uchun belgilangan huquqiy kafolatlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.