Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, huquqiy targ‘ibot, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, FHDY va yuridik xizmat ko‘rsatish sohalarida olib borilgan faoliyat yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, mahalliy jurnalistlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Adliya bo‘limi boshlig‘i Safarboy Tog‘ayev hisobot davridagi asosiy ko‘rsatkichlar, amalga oshirilgan loyihalar, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda huquqiy targ‘ibot ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, hisobot davrida bo‘limga kelib tushgan 18 271 ta murojaat ko‘rib chiqilib, shulardan 12 131 tasi qanoatlantirilgan. Aholiga 56 410 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan, notarial harakatlar soni esa 221 tani tashkil etdi.

Bundan tashqari, "uyma-uy" usulida 10 411 ta xonadonda o‘rganish ishlari olib borilib, 9 417 ta huquqiy muammolar aniqlangan va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

FHDY yo‘nalishida esa 2 634 ta tug‘ilish, 1 424 ta nikoh, 270 ta nikohdan ajralish, 595 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Anjumanda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ochiq va aniq ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusi rejalar haqida ham ma’lumot berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati