Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida Guliston shahar FHDY bo‘limi va Guliston shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda seminar trening tashkil etildi


Mazkur seminar oilada sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, qaynona va kelin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, samimiylik va hamjihatlikni ta’minlashga e’tibor qaratildi. Tadbirda oila barqarorligini ta’minlash, milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash va avloddan-avlodga yetkazishda ayollarning o‘rni hamda mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi.

Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilish, turli vaziyatlarda to‘g‘ri munosabat yo‘llarini qo‘llash, mojarolarning oldini olish hamda kelin va qaynona o‘rtasidagi samimiy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Shuningdek, yoshlarni odob-axloq, oilaviy hayotga tayyorlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi