Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

"Mahalla huquqshunosi" loyihasi amalda


Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida jamoatchilik muhokamasida mahalla raislarining o‘rni va mas’uliyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida mahalla raislarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ularning fuqarolar bilan ishlashdagi mas’uliyati va tashabbuslari muhokama qilindi.

Seminarda ishtirokchilarning turli xil savollariga atroflicha javob berildi. Shuningdek, amaliy tajribalar almashildi hamda mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar mahalla raislari uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.