Янгиликлар
13
Xovos tumanida huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Xovos tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikdagi yangiliklarni keng targ‘ib qilish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Xovos tumanidagi Mintaqaviy 8-son tergov hibsxonasi Ma’naviyat markazida tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga fuqarolarning huquq va majburiyatlari, yangi qonun va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati, FHDY xizmatlaridan foydalanish tartibi, murojaatlarni elektron tarzda to‘g‘ri va samarali yuborish usullari batafsil tushuntirib berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda hibsxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga joyida javob olishdi.
Shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan amaliy maslahatlar ham berildi.