Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Advokatura va notariat sohalarida islohotlar


Advokatlar palatasining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasida adliya boshqarmasi, notarial va advokatlar palatalari hamkorligida tashkil etilgan seminarda advokatura institutining takomillashtirilishiga qaratilgan Qonun loyihasi hamda Prezidentning 2025-yil 9-sentabrdagi "Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-280-sonli Qarori ijrosini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda Qonun loyihasi muhokamasi hamda Qaror talablari va ijrosini tashkil etish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi.

Shuningdek, seminar davomida adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Yosh advokatlar akademiyasi" loyihasini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilab olindi.